Putin Baydenga Afg‘oniston atrofidagi qo‘shinlar bo‘yicha e’tiroz bildirgan — WSJ

Amerika qo‘shinlarining Markaziy Osiyo mamlakatlarida mavjudligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqida Rossiya yetakchisi Oq uy rahbari bilan o‘tgan uchrashuvda gapirgan
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerika qo‘shinlari Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lishiga qarshi.
Bu haqda davlat rahbari AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan iyun oyida Jenevada o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Jurnalistlarning fikricha, Moskva MO mintaqasida o‘z ta’sirini saqlab qolishga va afg‘on muammosiga yechim topish uchun Vashington bilan hamkorlikni kengaytirmaslikka intilmoqda.
Jafokash afg‘on xalqi
Material mualliflarining ta’kidiga ko‘ra, bu amerikaliklarga Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda dronlarni joylashtirish imkoniyatlarini mushkullashtirgan.
Nashr ta’kidiga ko‘ra, hozirda AQSh HHK o‘z kuchlarini Fors qo‘ltig‘idagi mamlakatlarda joylashtirishga majbur. Sababi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston aeroportlari ular uchun yopiq.
Bu holat esa Vashingtonning o‘tkazilayotgan operatsiyaga harajatlarini sezilarli oshirmoqda.
Iyul oyi oxirida RF TIV rahbari Sergey Lavrov Markaziy Osiyoda hech kim AQSh harbiy bazalarini o‘z hududida joylashtirishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi.
Toshkent ham xuddi shunday fikrni bildirdi.
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Xususan, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi respublika hududida xorijiy harbiy bazalar va obyektlarini joylashtirish na mudofaa doktrinasi, na Konstitutsiya, na tashqi siyosat konsepsiyasida nazarda tutilmaganini aytdi.
O‘zbekiston mudofaa siyosati qurolli kuchlarning xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida va harbiy mojarolarda ishtirok etmaslik tamoyiliga asoslangan, deya ta’kidlagan edi idora.
Afg‘onistondagi vaziyat
Afg‘onistondagi vaziyat o‘tkir tus olgan: so‘nggi haftalarda toliblar hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.
Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi
Yakshanba kuni "Tolibon"* a’zolari poytaxt Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani "qirg‘in-barotning oldini olish maqsadida", Afg‘onistonni tark etdi.
16 avgustga o‘tar kechasi toliblar siyosiy ofisining vakili Muhammad Nayim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
* — Rossiya va qator mamlakatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.