TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda qo‘shni respublika Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bosh vaziri aeroportda tantanali kutib olindi.
Qayd etilishicha, Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga keldi.
Tadbirlar bugun boshlanadi. U Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishda integratsion birlashma bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.