TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoshi 5-yilga uzaytirildi. Bu haqda AOKAda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytildi.
Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayevning ma’lum qilishicha, bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litseyga kiradigan bo‘lsa, ularning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 23 yoshgacha uzaytiriladi.
Kuni kecha sentabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.