Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap

24 avgust kuni Ukrainada mustaqillikning 30-yilligi nishonlanadi. Bir kun avval, 23-avgust kuni, Kiyevda “Qrim platformasi” sammiti bo‘lib o‘tadi, unda Qrimni Rossiyaga qaytarish masalasi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Bu sammitdan siyosiy naf bormi va nega uchrashuvga Rossiyani taklif qilishmadi – siyosatshunos va publitsist, sobiq Ukrainaning to‘rt prezidentining maslahatchisi, Ukraina Oliy radasining V chaqiruv deputati Dmitriy VidrinSputnik agentligiga bergan intrevyusida bu borada mulohaza bildirdi.

Mazmunsiz sammit

“Qrim platformasi” – bu shirin so‘zlar va deklaratsiyalar to‘plami, deb hisoblaydi Sputnik suhbatdoshi.
“Yoshlik paytlarimda platformadagi poyabzallar juda mashhur edi – chiroyli, biroq noqulay. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy birinchi navbatda tadbirning go‘zalligiga e’tibor qilgan. Bu sammitning mazmuni yo‘q”, - deydi Dmitriy Vidrin.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, uch turdagi sammit mavjud: ishtirokchilar bilim, texnologiyalar bilan boyiydigan uchrashuvlar; muammo qaynoq kartoshka kabi bir ishtirokchidan boshqasiga otiladigan uchrashuvlar.
Yana muammo hal bo‘lingani haqida xomxayolni yuzaga keltiradigan uchrashuvlar, keyin esa kartoshkani bir-biriga otish bilan yakunlanadi. “Qrim platformasi”, siyosatshunosning fikricha, oxirgi ikki turga kiradi.
“Bu sammitda moddiy yoki ruhiy, ma’naviy resurslar bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan ishtirokchilar yo‘q. Hech kim baham ko‘rmaydi, biroq muammoni bir-biriga otadi. Shu bois sammit – chiroyli quruq gap. Mazmun bo‘lmasa, demak, shakl quruqdir”, - deb hisoblaydi Vidrin.

Jinlar bazmi yoki karnaval

Ukraina TIV rahabri Dmitriy Kuleva avvalroq Kiyevga 44 ta mamlakat va xalqaro tashkilotlar “Qrim platformasi” asoschilari sifatida qo‘shilishga qaror qilishganinini ma’lum qilgandi. Ammo taklif qilingan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yo‘q.
Dmitriy Vidrinning fikriga ko‘ra, Rossiya ishtirok etgan taqdirda uchrashuv shaklini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelardi.
Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi
“Ishga pul tikadigan mamlakatlar bor, yana so‘zga pul tikadiganlar bor. “Shimoliy oqim”, qandaydir og‘ir muammolar haqidagi gapiradigan Rossiyani chaqirishdan ko‘rqishgan. Bu yerda esa so‘zlar, va’dalar boy bo‘ladigan uchrashuv bo‘ladi”, - deya tushuntiradi siyosatshunos.
Rossiya TIV Sergey Lavrov Ukraina tashabbusi bilan tashkil etilayotgani uchrashuvga munosabat bildirib, uni “G‘arb hozirgi ukrain hukumatining neonatsist va irqiy kayfiyatini tarbiyalashda davom etadigan jinlar bazmi” deb atagandi.
Sputnik agentligi suhbatdoshi ham sammitni karnavalga qiyosladi.

Nafratga pul tikish

Rossiya-Ukraina munosabatlarining boshqa shaklini o‘rnatishga urinish dixotomiyaga olib keladi, deb hisoblaydi Vidrin.
“Rossiya ulkan geosiyosiy massa sifatida unga tarix, lingvistika, genotip jihatdan qardosh bo‘lgan boshqa massalarga o‘ziga tortadi. Lekin mana shunday ulkan tortish tahdidi tufayli bu tortishga qarshilik ko‘rsatishni izlayotgan mamlakatlar bor. Ular mamlakatlar o‘rtasida nafratni sepishdan boshqa yaxshiroq narsani hozircha topishmagan. Nafrat qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik, ular fikriga ko‘ra, imkoniyat kamroq. Bu ulkan massa: ijtimoiy, madaniy, makon va resurs, - ularni o‘ziga tortadi. Shuning uchun nafratga pul tikishdan boshqa chora qolmaydi. Nafrat keragidan ortiq bo‘ladi. Ularning boshqa vositasi yo‘q”, - deya fikr bildiradi siyosatshunos.
Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev
Ekspert Ukraina yuzaga muammolarni harbiy yo‘l bilan hal qilmaydi deb hisoblaydi.
“Urush – bu katta ish, xarajat va qon. Ukraina xatardan iborat hech qanday ishga jazm qilmaydigan tantiq mamlakatlar sirasiga kiradi. Tahdidlar bo‘ladi, kimdir musht o‘qtaladi, lekin urush bo‘lmaydi”, - deya taxmin qiladi Vidrin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘p mamlakatlar uchun nafrat, o‘zlarining aytishicha, mustaqillikni saqlab qolishdagi urinishlarda so‘nggi umid qolgan xasdir, aslida esa ular ehtiyojlariga ko‘ra sarflaydigan, buyruq beradigan va o‘maradigan o‘z otameroslarini saqlab qolishga urinishmoqda.