Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin ko‘plab fuqarolar mamlakatni tark etishga urinmoqda. Ular har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, xorijga ketish ilinjida tunu kun Kobul aeroportida qolishmoqda. Duch kelgan samolyotga minib olishga harakat qilishmoqda. Afsuski, ketish istagida bo‘lganlarning ayrimlari ur-yiqitda va samolyotdan tushib ketib, ayanchli o‘lim topdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida barcha davlatlarni afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilishga va ularni ortga qaytarmaslikka chaqirdi.
U BMT Xavfsizlik kengashi va jahon hamjamiyati Afg‘oniston yana terrorchi tashkilotlar uchun xavfsiz hududga aylanmasligini kafolatlashi va global terrorchilik xavfiga qarshi barcha vositalarni qo‘llashi lozimligini bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti