TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Tolibon* radikal harakati a’zolari Nangarxor viloyatida Afg‘oniston davlat bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlash namoyishi ishtirokchilarini o‘qqa tutdi. Bu haqda RIA Novostiga mahalliy aholi orasidagi manba.
Otishma natijasida qurbonlar va yaradorlar bor.
So‘nggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik o‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.
Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.