O‘zbekiston hududida bir necha yuz afg‘on qochoqlarini joylashtirdi – manba

Afg‘onistonda hukumat toliblar qo‘liga o‘tgach, mamlakatning minglab fuqarolari qo‘shni davlatlarga qochib o‘tishga urinmoqda. O‘zbekiston chegarasini ham noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari kuzatildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston chegara yaqinidagi chodirli lagerga 150 nafar afg‘on qochoqlari, jumladan, 17 ayol va bolalarni joylashtirdi. Bu haqda Sputnik agentligiga voqeadan xabardor manba ma’lum qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, lager qo‘riqlanmoqda hamda yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berish uchun tibbiyot xodimlari ishlamoqda.
Joylashtirishdan avval ularning bari koronavirusga test topshirgan. Kasallanganlar aniqlanmagan. Ta’kidlanishicha, qochoqlar uchun yaxshi ovqatlanish uchun sharoitlar yaratilgan, zaruriy buyumlar berilmoqda. Bu odamlarning qancha muddatga qolishi va keyingi taqdiri haqida ma’lumot hozircha ma’lumot berilmagan.
Afg‘oniston orqali savdo va tranzit: toliblar davrida nima bo‘ladi – Termizdan nazar
Bundan tashqari, manba ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga samolyot bilan kelgan taxminan 650 nafar afg‘on armiyasi harbiy xizmatchilari ham mahalliy harbiy poligon yaqinidagi kovid markazga vaqtinchalik joylashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston TIV 14-avgust kuni 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchilarini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, Termiz-Hayraton ko‘prigining Afg‘oniston qismida Afg‘oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to‘plangani qayd etilgan. Keyinroq 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani, xususan, ko‘prikda to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi hududni mustaqil ravishda tark etgani xabar qilingan edi.
Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda
Rasmiy Toshkent 17-avgust kuni yana bir bor davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar keskin ravishda bartaraf etilishini eslatdi.