O‘zbekiston Germaniyaga Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda

Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston TIV bayonotiga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasiga Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini, shuningdek Germaniyaning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlar – Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida texnik ko‘mak ko‘rsatadi.
Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.