Moskva viloyatida migrantlarni emlash boshlandi

Moskva viloyatining yagona migratsiya markazida chet el fuqarolarini emlash boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Moskva viloyatining yagona migratsiya markazida chet el fuqarolarini emlash boshlandi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, “Sputnik-Layt” bir komponentli vaksinaning 100 ming dozasi sotib olindi.
Sankt-Peterburgda migrantlarni emlash boshlandi
Kuniga bir yarim ming nafar kishini emlash rejalashtirilgan.
Bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasi Rossiyada may oyi boshlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, uning samaradorligi 79,4 foizni tashkil etgan va bu ikkita inyeksiya talab etadigan ko‘plab preparatlar ko‘rsatkichiga qaraganda ko‘proqdir.
"Sputnik Layt" — bu "Sputnik V" vaksinasining birinchi komponentidir. Preparat bilan emlanganlarda jiddiy noxush ta’sirlar qayd etilmagan.