TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirib ketildi.
17 avgust kuni Qarshi shahrida bir guruh shaxslar odamlar ko‘z o‘ngida sport murabbiyi Elbek Rahimovni urib, kaltaklashgan. So‘ng, mashinaga o‘tqazib, noma’lum tomonga olib ketishgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ish doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlangan.