TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov kelgusi uch oy ichida respublikaga olib kelinadigan vaksinalar haqida ma’lum berdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.
“Respublikada vaksina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktabr oylarida 10 million doza ZF-UZ-VAC2001, shuningdek 1,7 million doza Sputnik V, avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 million doza Pfizer vaksinalarini olib kelish rejalashtirilgan”, - dedi Atabekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaksina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca 292,3 ming doza.