Bayramga sovg‘a: aqlli tizimga ega "Kamolot" va "Zarchob-2” GESlari ishga tushirilmoqda

"O‘zbekgidroenergoqurilish" AJ direktori Said Yusupovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 2017-yilgacha jami GESlar soni 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatgich mikro-GESlarni qo‘shib hisoblaganda 49ga yetkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida "Zarchob-2" va "Kamolot" GESlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Kuni kecha Toshkent viloyatida yangidan bunyod etilayotgan "Kamolot" GESiga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. oAV vakillari olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sentabr oyida “Zarchob-2” kichik GESini topshirish ko‘zda tutilmoqda - Sanginov
Mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida GES qurilishi bilan bog‘liq barcha savollariga javob olishdi.
"O‘zbekgidroenergoqurilish" AJ direktori Said Yusupovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 2017-yilgacha jami GESlar soni 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatgich mikro GESlarni qo‘shib hisoblaganda 49 ga yetkazilgan. “Zarchob-2” va “Kamolot” GESlari ishga tushsa yuqorida keltirilgan ko‘rsatgich qariyb 51 taga yetadi.

"Bugungi kunda Toshkent viloyatida qurilayotgan ko‘plab GESlarimizdan biri Chirchiq shahrida barpo etilayotgan, Chirchiq-Bo‘zsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GESidir. Ushbu GESning qurilish ishlari O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi qarori asosida, umumiy qiymati 22,6 mln dollarga teng, quvvati 8.6 MVt ni (2.15 MVtdan bo‘lgan 4ta kapsula tipidagi gidroagregatdan iborot) tashkil etadi. Mazkur GESda ilk bor tajriba sifatida "kapsula" usulidagi gidroagregatlar o‘rnatiladi", - deydi Yusupov.

Mazkur GESning qurilish ishlari energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish borasida yirik tajribaga ega bo‘lgan, “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “O‘zbekgidroenergoqurilish” kompaniyasi tomonidan, loyiha ishlari “Gidroproyekt” AJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Rossiya banki O‘zbekistonda GESlar qurilishini moliyalashtiradi
Ushbu GESning asosiy uskuna va jihozlari Xitoyning "Dongfang Electric Corporation" kompaniyasi hamda "Andridz gidro" tomonidan yetkazib berildi.
GESning afzalliklaridan biri avtomatik, aqlli, xafvsiz boshqaruv tizimiga ega.
“Kamolot” GESini o‘z vaqtida topshirish uchun ishlar tartibli va karantin qoidalari talablari asosida olib borilmoqda.
Mazkur GES Mustaqillik bayramining 30-yilligiga xalqimizga munosib tuhfa sifatida topshiriladi, deya ta’kidladi o‘z so‘zi yakunida Yusupov.