Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda

“Tolibon”* harakati Afg‘onistonni egallab olganini e’lon qildi. 15-avgust kuni uni Kobulga yurish qilib, prezident saroyini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondan qochib ketdi. Hozirgacha uning qayerdaligi noma’lum. Ayrim OAVlar sobiq prezident O‘monda boshpana topgani haqida yozmoqda.
Toliblar* hukumat tepasiga kelgandan so‘ng qator xorijiy davlatlar Kobuldan o‘z elchixonalarini evakuatsiya qilishni boshladi.
Ayrim fuqarolar “Tolibon”* Afg‘onistonda tuzishni rejalashtirayotgan davlatda yashamasliklarini aytib, qochib ketish payiga tushgan. Ularning manzili – Kobul aeroporti. Olomon aeroportga hujum qilib, duch kelgan samolyotga minib olishga urinmoqda. Ur-yiqit vaqtida bir necha kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti