“UzAirways” Toshkent – London muntazam parvozini tiklamoqda

Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. 17 avgustdan “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni tiklaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
“UzAirways” Mustaqillik bayramida 50 foizgacha chegirma joriy etadi
17 avgust holatiga ko‘ra, Toshkent – London yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxi 3,2 million, Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7,3 million so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Toshkentdan Londonga bo‘lgan muntazam parvozlar vaqtincha bekor qilingan edi.