TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga intervyu berdi. Unda mamlakat tashqi siyosati va Afg‘oniston haqida to‘xtaldi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
O‘zbekiston o‘tgan davrda ana shu strategik yo‘lga doimo sodiq qolib, o‘z sheriklari hamda xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarib kelmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordir
15 avgust kuni Kobul "Tolibon"*ga taslim bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani "qon to‘kilmasligi uchun" iste’foga chiqib, mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti