Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili

Tolibon* vakili samolyotdan odamlar qulab tushishida amerikaliklarni aybladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Dushanba kuni Kobul aeroportidan uchib chiqqan samolyotdan odamlarning qulab tushishi aks etgan video internetda tarqaldi, Tolibon* harakati vakili Suheyl Shohin amerikaliklarni aybladi.
Afg‘oniston OAVlari Kobuldan uchib chiqqan Amerika samolyotidan yiqilayotgan odamlar aks etgan videoni tarqatdi, ehtimol afg‘onlar, samolyot shassisiga osilib, qochmoqchi bo‘lishgan.

"Amerikaliklar xavfsizlikni ta’minlashi, hamma odamlarning aeroportga kirishiga ruxsat bermasliklari kerak edi, bizning kuchlarimiz u yerda yo‘q edi. Biz javobgar emasmiz. Ular u yerda javob berishgan, bu bizniki emas, ularning samolyoti edi", - dedi Suheyl Shohin Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, toliblar "aeroport xavfsizligini ta’minlashga kirishganidan so‘ng, bunday hodisalar yuz berishi to‘xtadi".