Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi

AQShning sobiq prezidenti amaldagi Oq uy rahbari iste’foga chiqishi zarur deb hisoblashini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealardan so‘ng Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenning iste’foga chiqish vaqti kelganini ma’lum qildi.
“Baydenning u Afg‘onistonda yo‘l qo‘ygan ishlari uchun sharmandalarcha iste’foga chiqish vaqti keldi... Bu (iste’fo – tahr.) unchalik katta ish bo‘lmasligi kerak, chunki u avval boshdan qonuniy saylanmagan edi”, - deyiladi Trampning Twitter᾽da tarqatilgan bayonotida.
14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari butunlay olib chiqib ketilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Afg‘onistonda “Tolibon”* harakati faollashdi va mamlakatning yirik shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladi.
15 avgust kuni ular Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallashdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
“Tolibon”* Afg‘onistondagi urush yakunlanganini e’lon qildi