Toshkentda Polgar va Anand qatnashgan xalqaro turnir yakunlandi

Finalda jami 100 nafar ishtirokchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg - Sputnik. "Zakovat-Gambit" turnirida 4000 ga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi va saralash bosqichida qatnashdi.
Saralash bosqichida 5 ta guruhdan eng yuqori ball toplagan 20 kishi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Finalda jami 100 nafar ishtirokchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi.
Turnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovix zvozd shaxmat v Tashkente
Ikki kun davomida dunyoning eng kuchli grossmeystrlari yosh shaxmatchilar uchun master-klass otkazishdi.
Jumladan, Vishvanatan Anand, Yudit Polgar, Rustam Qosimjonov, Timur Gareev va Gulruhbegim Tohirjonovalar bir paytning o‘zida 20 kishi bilan dona surishdi.
Ma’lumot uchun turnirning final bosqichida eng yosh shaxmatchi 7 yosh, eng yoshi ulug‘i esa 71 yoshli shaxmatchi ishtirok etishdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, o‘z guruhlarida yuqori pog‘onalarni egallagan shaxmatchilarga sovrinlar topshirildi.
1-o‘rin sohiblari 50 mln, 2-o‘rin 30 mln va 3-o‘rin egalari 20 mln so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda ajoyib ishtirok etgan 4 nafar qiz 20 mln so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldilar. Eng yoshi ulug‘ ishtirokchiga 20 mln va eng yosh shaxmatchiga 10 mln so‘m pul mukofoti berildi.
A Guruh
🥇 Nodirbek Abdusattorov
🥈 Rustam Qosimjonov
🥉 Shamsiddin Vohidov
B Guruh
🥇 Azamat Daurimbetov
🥈 Tair Vahidov
🥉 Nikita Xoroshev
Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Gulruhbegim Tohirjanova
S Guruh
🥇 Muhiddin Madaminov
🥈 Humoyun Bekmurodov
🥉 Almas Rahmatullayev
Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Bahora Abdusattorova
D guruhi
🥇 Bahrom Bahrillayev
🥈 Asrorbek Omonov
🥉 Sarvarbek Olimjonov
Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Afruza Hamdamova
E guruhi
🥇 Hondamir Elmirzayev
🥈 Abdurahmon Abdunazarov
🥉 Sherali Ravshanov
Eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan ayol qatnashchi Kamola Nurmatova
Eng yoshi ulug‘ qatnashchi uchun maxsus sovrin sohibi
Vladimir Vladimirov (71yosh)
Eng yosh qatnashchiga maxsus sovrin sohibi
Oriyat Obidjonov (7yosh)