Toshkent viloyatida qariyb 50 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

Olmaliqda Z6, Ohangaronda esa 13 kishi muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Z6 nafar bemor muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi.
Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani bois uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 13 nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom ettirilmoqda.

“Haqiqatan ham xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik subyekti Olmaliq shahrida joylashgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda - tafsilotlar