TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15-avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilmoqda.
“Voqea joyidan bizga ma’lumot yo‘llashapti. Bir soat ichida rus va o‘zbek tilida bayonot beramiz”, - dedi Zulfiqorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mutaxassislar bu xabarni o‘rganish uchun yo‘lga chiqishgan.