Sud Jahongir Otajonovni javobgarlikdan ozod qildi

Shayxontohur tuman sudi Jahongir Otajonovga nisbatan hukm chiqardi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Jahongir Otajonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy kanali xabar bermoqda.
Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi, o‘ziga tegishli xulosa qilganini aytib, kechirim so‘raganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Otajonov suddan yengillik berishni so‘ragan.
Sud sobiq xonandaning harakatlarida O‘zbekiston MJtKning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topgan.
Davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajanovning harakati tekshiriladi
Sud uni MJtKning 21-moddasiga (Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirilgani xabar qilingan edi.