Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk marta bosma nashrga intervyu berdi

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ta’kidlanishicha, gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan bo‘lgan ushbu suhbatda O‘zbekistonning oxirgi 5-yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi so‘z boradi.
“Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otadi”, - dedi Asadov.