TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Afg‘oniston Qurolli kuchlari O‘zbekiston havo chegarasini buzdi va respublikaning Surxondaryo viloyati hududida quladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Bu hodisa ro‘y bergan. Davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldi olingan. Bu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qurbonlar yo‘q”, - deyilgan Sputnik nashriga taqdim etilgan ma’lumotlarda.
Ta’kidlanishicha, surishtiruv yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston havo maydonini qo‘riqlashni kuchaytirish to‘g‘risida qaror qilinadi.
RIA Novostining yozishicha, qulagan samolyotning ikki uchuvchisi omon qolgan va ular hozir Termizdagi kasalxonada davolanmoqda. Ularning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15-avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov Sputnik muxbiriga mazkur holat o‘rganilayotganini ma’lum qilgan edi.