TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Afg‘onistonning iste’foga chiqqan prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni qon to‘kilmasligi uchun tark etganini ma’lum qildi. Uning tegishli bayonoti Facebook᾽dagi sahifasida chop qilingan.
“Tolibon”* meni ag‘darish uchun Kobul va uning aholisiga qonli hujum uyushtirishga tayyorligini aniq aytdi. Qon to‘kilishining oldini olish uchun men tark etish qarorini qabul qildim”, - deya yozdi u.
G‘ani endi toliblar* xalq sha’ni, manfaati va o‘zini saqlab qolishida javobgarlik ekanliklarini ta’kidlagan.
“Tolibon”* jangarilari 15-avgust kuni kechqurun Kobulga jangsiz kirishdi va hukumat kuchlari tomonidan qoldirilgan davlat muassasalarini egallashdi. Ular bir necha soat ichida poytaxtni boshqarishni o‘z qo‘llariga olishlarini aytishdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti