TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 2021-yilning olti oy mobaynida Rossiyadan 8,6 ming migrant chiqarib yuborilgan. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
“2021 yilning birinchi yarim yilligida ming nafardan ziyod xorijlik fuqarolarning Rossiyada bo‘lish muddati qisqartirilgan, 8,6 ming nafar kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, yana 1,2 ming xorijlik maxsus muassasalarda o‘zining chiqarib yuborilishini kutapti.
Avvalroq Rossiya IIV yarim yil ichida 99 ming nafar chet ellikning Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.