O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda – TIV rasmiy vakili

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyatga qaramay O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Yusuf Kabuljanov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobuldagi elchixona va Mozori Sharifdagi konsullik xodimlari hali evakuatsiya qilingani yo‘q.
14 avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahri (Termizdan 58 kilometr janubda joylashgan) “Tolibon”* qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘lgan edi. Shahar topshirilgach, Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari O‘zbekiston bilan chegara tomon chekingan.
Manba: marshal Do‘stum O‘zbekistonda
O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruhni qabul qilgan.
15 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti