O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi

Respublika Mudofaa vazirligi, IIV va Milliy gvardiya bo‘linmalari jangovar navbatchilikka o‘tkazilgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar ortidan qo‘shni davlat bilan chegarani kuchaytirilgan rejimda qo‘riqlamoqda. Barcha zaruriy xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Bu haqda RIA Novosti mamlakat DXX Chegara qo‘shinlari vakili so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashi bilan chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi qismi kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilgan”, - degan Chegara qo‘shinlari vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika Mudofaa vazirligi, IIV va Milliy gvardiya bo‘linmalari jangovar navbatchilikka o‘tkazilgan.
O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV
Agentlik suhbatdoshi Termizda o‘zbek-afg‘on chegarasidagi so‘nggi voqealar munosabati bilan tezkor shtab tuzilganini eslatgan.
O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, kecha “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi Afg‘oniston hukumat kuchlarining to‘planishi kuzatilgan. 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagan. Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.