Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hududiy filiallari tashkil etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab boradi.
Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish sho‘’basi;
IT-texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash sho‘’basi;
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho‘’basi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.