Gaitidagi zilzila oqibatida uch yuzdan ziyod kishi halok bo‘ldi

Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila 13-avgust kuni ertalab sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Gaitida sodir bo‘lgan zilzila natijasida eng kamida 304 kishi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mahalliy Muqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1,8 mingdan ziyod kishi jabr ko‘rgan.
Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila 13-avgust kuni ertalab sodir bo‘ldi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i kichik Peti-Tru-de-Nip aholi punkti shimolidan sakkiz kilometr masofada joylashgan. Keyinroq 5,2 magnitudagacha kuchdagi yangi silkinishlar takrorlandi.