Eldor Shomurodov rimliklarni o‘z gollari bilan maftun etishda davom etmoqda

“Roma”-“Raja” uchrashuvi 5:0 hisobida rimliklar foydasiga hal bo‘ldi. Bu o‘yinda Eldor Shomurodov gol urdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 14-avgust kuni “Roma” Marokashning “Raja” klubi bilan nazorat o‘yinida qarshilashdi.
Yaqindagina Italiyaning “Roma” klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bu o‘yinda jamoa uchun ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 17-daqiqasida Shomurodov “Raja” darvozasini ishg‘ol etdi.
60-daqiqada Eldor zaxiraga olindi. Shu tariqa Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida ham gol urdi.
Avvalroq futbolchi "Betis"ga qarshi nazorat o‘yinida gol urgan edi.