TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
“Prezident G‘ani Kobulda jangovar harakatlar bo‘lmasligi kerakligini aytib, iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi”, - degan manba.
Sputnik Afg‘oniston nashri ham mahalliy manbalariga tayangan holda G‘ani iste’foga chiqqani haqida yozmoqda.
Bu xabarlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Tojik OAVlarining yozishicha, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ma’muriyat rahbari va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan birgalikda Tojikistonga yo‘l olgan.