TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Turkiyada sodir bo‘lgan rossiyaning Be-200 o‘t o‘chiruvchi samolyoti halokatida tirik qolganlar yo‘q, deb xabar qilmoqda RIA Novosti NTV telekanaliga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya samolyoti Mugla viloyatining tog‘li hududida yong‘in o‘chirishda ishtirok etayotgan bo‘lgan. Samolyot bortiga suv olganidan so‘ng, kerakli balandlikka ko‘tarila olmasdan qoyaga urilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Be-200 Adana shahri yaqinida qo‘nish vaqti halokatga uchragan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida 8 kishi bo‘lgan, ulardan 5 nafari ekipaj a’zolari (harbiylar) 3 nafari - yong‘in joyini ko‘rsatishda yordam berayotgan Turkiya O‘rmon xo‘jaligi vazirigi vakillari bo‘lgan.
Ayni damda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari hamda Turkiyadagi Rossiya elchixonasi vakillari fojia sabablarini o‘rganish maqsadida Turkiyaga yo‘l olishgan.