Turkiyada Rossiyaning o‘t o‘chiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot ichida bo‘lgan 6 nafar rossiyalik ekipaj a’zolari va ikki nafar Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vakillarining taqdiri noma’lum.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Turkiyada Rossiyadan ijaraga olingan Be-200 o‘t o‘chiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiya O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotiga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, fojea Kaxramanmarash shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Ayni damda u tomonga qutqaruvchilar yo‘naltirilgan.
"Ekipaj a’zolari sakkiz kishidan iborat - olti nafar Rossiyalik uchuvchilar hamda ikki nafar Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vakillari. Ayni damda ekipaj taqdiri ma’lum emas", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda g‘ayritabiiy issiqning uzoq muddatga saqlanib qolishi tufayli Turkiyaning janubiy sohilida joylashgan dam olish maskanlari yaqinida yuzlab gektar o‘rmonlar olov ichida qoldi. Turkiya hukumati Bodrum, Marmaris va Alanya kabi dam olish maskanlaridan minglab turistlarni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. O‘rmon xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shu kunga qadar 183 kishi yong‘inda qurbon bo‘ldi.