O‘zbekistonga yana 276 mingta AstraZeneca vaksinasi olib kelindi

SSV xabariga ko‘ra, bugungi qadar O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan emlashlar soni 11,9 mln dozani tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Bugun 14-avgust kuni O‘zbekistonga yana 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasi olib kelindi deb xabar qilmoqda CCV matbot xizmati.
"14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Mamlakatimizga keltirilgan jami vaksina miqdori 14,8 mln dozadan oshdi", - deyilgan xabarda.
Bugunga qadar o‘zbekistonga olib kelingan vaksinara tarkibi quyidagicha:
SPUTNIK V - 370 000 doza;
AstraZeneca - 986 480;
ZF-UZ-VAC2001 - 10 500 000 dozasi;
Moderna vaksinasi - 3 000 060 dozadir.
SSV xabariga ko‘ra, bugungi qadar O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan emlashlar soni 11,9 mln dozani tashkil qilmoqda. Kuniga o‘rtacha 265 mingdan ortiq kishi emlanmoqda.