Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi

Ashraf G‘ani barcha kuchlarni xavfsizlikka yo‘naltirilishini hamda 20-yilda erishilgan natijalar zoe ketishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatdagi vaziyat va o‘z rejalari haqida afg‘on xalqiga video murojaatnoma yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
“Men hozir barcha afg‘on xalqi xavotirda ekanini bilaman. Prezident sifatida shuni va’da beramanki, kelajakda zo‘ravonlikka, aholining u joydan bu joyga ko‘chishga majbur bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman.
Bugungi vaziyatda biz oqsoqollar bilan keng ko‘lamli maslahatlarni boshlaganmiz va yaqin vaqt ichida ularning natijalarii sizga ma’lum qilamiz. Hozir biz biz barcha kuchlarni xavfsizlikni oshirishga qaratganmiz.
Men "afg‘onlarga majburan bog‘lanayotgan" ushbu yangi urush yangi qurbonlar, vayronagarchiliklar olib kelishiga yo‘l qo‘ymanman. Biz so‘nggi 20-yil ichida erishilgan natijalar zoe ketishiga yo‘l yo‘l qo‘ymaymiz”, - dedi G‘ani.
Afg‘oniston prezident har doim o‘z xalqiga tinchlik faravonlik istaganini va kelajakda ham shu yo‘alishda davom etishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon ayni damda Afg‘oniston shimolida va Qobul yaqinida bir necha viloyatlar markazlarini egallab olgan. Ular Afg‘onistoda hukumatni to‘liq o‘z qo‘llariga olishni istaydi, prezident Ashraf G‘ani bilan muzokaralar o‘tkazishni istamaydi va faqat uning iste’fosini talab qilishmoqda.