Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik sportchi qizlar yutuqlarini alohida sanab o‘tdi

Tokio 2020 Olipiada O‘yinlarida O‘zbekistondan 28 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklash marosimida o‘zbekistonlik sportchi qizlar yutuqlarini alohida sanab o‘tdi.
Prezident qoraqalpog‘istonlik 18 yoshli Zaynab Dayibekovani qilichbozlikning sablya yo‘nalishida O‘zbekiston tarixida birinchi marta OLimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritgani va dunyo reytingida 3-o‘rinda bo‘lgan xitoylik sportchini mag‘lub etgani bilan tabrikladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 19 yoshli og‘ir atletikachi Kumushxon Fayzullayevaning 76 kilogramm vazn toifasidagi qizlar orasida eng yosh ishtirokchisi bo‘lganini aytib o‘tdi va Olimpiada O‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi katta yutuq ekanini qayd etdi.
Undan tashqari bokschi Tursunoy Rahimova hamda Olimpiada o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatgan Muattar Nabiyevalarning yutuqlari ham alohida sanb o‘tildi.
Shu o‘rinda, prezident sportchi yigitlarga qarab bir hazil gap aytdi.
“Ayni vaqtda men sportchi yigitlarimizga qarab aytmoqchiman: agar qattiq g‘ayrat qilmasalaringiz, qizlarimiz hademay sizlardan o‘tib ketadi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
So‘ so‘ngi da Shavkat Mirziyoyev Jahon sport maydonlariga shaxdam qadamlar bilan kirib kelayotgan o‘zbekistonlik sportchi qizlarga chin qalbdan tasanno aytdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ayollar o‘rtasida sportni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoda. Tokio 2020 Olipiada O‘yinlarida O‘zbekistondan 28 nafar xotin-qizlar ishtirok etishining o‘zi ham ushbu ishlar samarasidir.