TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasning yangi treneri kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
O‘FA xabar qilishiga ko‘ra, "mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma’qul deb topilgan".
O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanes o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda, - deyilgan xabarda.
Milliy jamoaga nomzod tnalashda, barcha ehtimoliy murabbiylar, jumladan o‘zbekistonlik nomzodlar ham ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabr oyidan buyon O‘zbekiston terma jamoasini Vadim Abramov boshqarib kelayotgan edi, lekin Jahon Chempionali saralov bahslarida O‘zbekistonning muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng Abramov iste’foga chiqqan.