TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaziyat birmuncha barqarorlashmoqda, dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov AOKAda bo‘libo‘tgan brifingda.
"Kasallik ko‘rsatkichlari birmuncha kamayayotgani bor gap, buning ustiga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda bemorlarni davolash samaradorligi ham ancha yaxshilangan", — dedi Otabekov.
Shu bilan bir vaqtda, kasallik avj olgan vaqtda koronavirusga ixtisoslashtirilgan shifoxonalar asta sekin o‘z faoliyatiga qaytmoqda. Man shu ham vaziyat ijobiy tarafga o‘zgarishi belgilaridan biridir dedi shifokor.