Besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga keldi

Zakovat-Gambit musobaqasi doirasida dunyoga mashhur shaxmat yulduzlari o‘zbekistonlik havaskor shaxmatchilar bilan bellashadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Zakovat-Gambit turnirining telegram kanali.
Toshkentda 10 – 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Zakovat-Gambit xalqaro turnirida jahon shahmatining taniqli yulduzi Yudit Polgar, shuningdek o‘zbekistonlik shahmat cheimpionlari Rustam Qosimjonov, Timur Gareyev, Gulruhbegim Toxirjonovalar ham ishtirok etishadi.
Saralash bahslarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Fuqarolar yoshi va reytingi bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. 7-avgustga qadar 3,8 ming havaskor shaxmatchilar ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirishgan. Turnirning mukofot fondi 610 million so‘mni tashkil qiladi.
Shaxmat musobaqasining finla bahslari 14-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.