Tver viloyatida Urush yillarida bedarak yo‘qolgan yana bir o‘zbek askari topildi

Ikkinchi Jahon urushi yillarida bedarak yo‘qolgan Toshkentlik askar Aminov Hasanning yaqinlarini qidirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Yettinchi avgust kuni Rossiyaning Tver viloyati, Rjev shahri yaqinida Ikkinchi Jahon urushi yillarida bedarak yo‘qolgan yana bir O‘zbekistonlik askarning qoldiqlari topildi.

Askar medalonidagi yozuvga muvofiq, u Toshkent shahri, Oktabr tumani, Hamza ko‘chasi, 15 boshi berk ko‘cha, 41 uyda yashovchi, 1915-yilda tug‘ilgan Aminov Hasan. Turmush o‘rtog‘ining familiyasi Tadjiyeva. Qidiruv jamoasi O‘zbekistonda ushbu askarning yaqinlarini topishda yordam berishni so‘ramoqda*.

Ma’lumot uchun “Pioner” qidiruv jamoasi 2016-yilda Mixail Bogdanov nomli ko‘ngilli fuqaro tomonidan tashkil qilingan edi. Uch yil ichida ushbu jamoa Ikkinchi jahon urushi yillarida Rjev shahri atrofida qurbon bo‘lgan 600 ga yaqin askar-vo zobitlarning qoldiqlarini topib, ularni munosib ravishda qayta dafn etishgan. 20 nafarga yaqin daraksiz yo‘qolgan askarlarning ismi-shariflari aniqlashtiirilib, ularning buyumlari qarindoshlariga topshirilgan.
* Qidiruv jamoasi ta’kidlashiga ko‘ra, yozuv juda noaniq ko‘rinishda bo‘lgani tufayli unda ayrim noaniqliklar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar o‘sha davrga doir harbiy arxivlar va boshqa hujjatlarga asoslangan.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5