TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahridada koronavirusga qarshi bepul vaksinani sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea iyul oyida ro‘y bergan. Fuqaro "Telegram" messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan vaksinasi sotilayotgani haqida e’lonni ko‘rgan va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 8-iyul kuni Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida joylashgan "Gurman" kafesi ro‘parasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona ZF-UZ VAC2001 vaksinasini 27 mln 750 ming so‘mga (har bir dozasi uchun 150 ming so‘mdan) sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1400 dollarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaksinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo‘lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi 2-qismi "b" bandi (Dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.