To‘rt tumanda yangi hokimlar ish boshladi

G‘ijdivon, Guliston, Xiva va Payariq tumanlari rahbarlari o‘zgardi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Bugun, 12-avgust kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Sirdaryo viloyatining Guliston, Xorazm viloyatining Xiva va Samarqand viloyatining Payariq tumanlarida yangi hokimlar ish boshladi.
Sherzod Ashurov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar 2018-yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Saydimqul Begimqulov Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U 2012-yildan bugungi kunga qadar Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Hurmat Matrasulov Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
Zafar Ergashev Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi. U shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.