TOShKENT, 12 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakati vakili Zabiulla Mujohid harakat a’zolari Afg‘onistondagi Qandahor qamoqxonasini egallab olishganini ma’lum qildi.
“Qandahor shahridagi markaziy qamoqxona uzoq qamaldan so‘ng bugun kechqurun to‘liq egallab olindi”, - deyiladi Mujohidning 11-avgust kuni Twitter᾽da chop qilingan xabarida.
Toliblarning* bayonotiga ko‘ra, yuzlab mahkumlar ozod qilingan, muassasa xodimlari esa taslim bo‘lishgan.
O‘z navbatida, Tolo News telekanali mahalliy aholining so‘zlariga tayangan holda “Tolibon”* Qandahor va Uruzgan viloyatlariga hujumni qayta boshlaganini xabar qilmoqda.
Kuni kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegarasi “Tolibon”* jangarilari tomonidan nazorat qilinayotganini ma’lum qilgan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti