TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Ushbu yilning 1-sentabridan boshlab, kam ta’minlangan oilalarda bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshiriladi. Bu haqida yangi qabul qilingan Prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Xususan, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa o‘rniga - 18 yoshgacha to‘lanadigan yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi.
Bolalar nafaqasining yangi miqdorlari belgilanadi:
3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 250 000 so‘m (+56 000 so‘m);
3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun — 325 000 so‘m (+131 000 so‘m);
ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha — 150 000 so‘m (+186 000 so‘m);
uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun — 100 000 so‘mdan (amaldagi 190 ming so‘mdan 290 ming so‘mgacha ko‘p);
moddiy yordamning miqdori — 380 000 so‘m.
2022 yil 1-yanvardan boshlab “kam ta’minlangan” toifasiga kiritishda, oilaning jon boshiga bir oylik daromadi va Respublikada belgilangan jon boshiga minimal iste’mol xarajatlar miqdori hisobga olinadi. Minimal xarajatlar miqdorini Statistika qo‘mitasi muntazam e’lon qilib boradi.