TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Amerikaning MedRxiv sayti xabariga ko‘ra, hamma vaksinalar ham koronavirusning delta shtammidan samarali g‘imoya qila olmaydi.
Xususan, Pfizer vaksinasining delta shtammga qarshi samaradorligi - 42%ni tashkil qilgan, Moderna vaksinasiniki esa — 76%. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bir necha kun oldin "Sputnika V" vaksinasining koronavirusga qarshi samaradorligi 83%ni tashkil qilishini ma’lum qilgan edi.
Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda Moderna va Pfizer vaksinalari bilan emlangan 180 ming kishi ishtirok etdi. Tadqiqotning maqsadi, uzoq vaqt davomida vaksinalarning turli yangi shtammlarga qarshi samaradorligini baholash edi. Shu sababli ham izlanishlar bir necha oy davomida: yanvardan iyulgacha o‘tkazilgan.
O‘tgan davrda ikkala vaksina ham koronavirusning dastlabki shtammiga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatgan: Moderna – 86%, Pfizer — 76%. Lekin iyul oyida, yangi shtamm paydo bo‘lganidan so‘ng ularning samaradorligi pastga tushgan.
“Minnesota shtatida o‘tkazilgan tadqiqotda mRNA-1273 (Moderna) vaksinasining samaradorligi 76%, BNT162b2 (Pfizer) vaksinasining samaradorligi esa - 42%gacha tushishi kuzatildi”, - deyilgan xabarda.
Tadqiqotning yakuniy xulosasai sifatida olimlar Moderna vaksinasi bilan emlanganlar butun kuzativ davomida Pfizer bilan emlanganlarga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoyalangan, deb xabar qilishdi.