TOShKENT, 12 avg – Sputnik. 13-16 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV ogohlantirdi.
“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning “1050” qisqa raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq O‘zgidromet 12 va 13-avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishini xabar qilgan edi.