TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ahvoli barqaror. Bu haqda musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muftiy o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi muolajalarini olmoqda.
“Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq muftiy Usmonxon Alimov Moskvada davolanayotgani xabar qilingan edi.