TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Afg‘onistondagi “Junbish” (Harakat) partiyasi rahbari, harbiy qo‘mondan Abdu Rashid Do‘stum Balx viloyati, Mozori-Sharif shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Abdu Rashid Do‘stumning ushbu murakkab vazatda Afg‘oniston shimoliga kelishidan maqsad –Tolibon*ga qarshga kurashga boshchilik qilishdir, - deyilgan xabarda.
Jurnalistlarga bergan qisqa intervyusida, Do‘stum, Tolibon* bu safar shimol qopqondan chiqib keta olmasligini ma’lum qilgan. U Tolibon* oldin ham bir necha bor ushbu hududga kelganini, lekin har doim mag‘lub bo‘lganini esga olgan.
“Bu safar ham ularni mulla Fozil taqdiri kutmoqda. “Tolibon*”ga qarshi Faryob, Toxar, Jauzjan va Balx viloyatlarida bir vaqtning o‘zida bir necha operatsiyalar o‘tkazish kerak.”, - dedi Do‘stum.
General Do‘stum aytishiga ko‘ra, uning o‘zi mamlakatda bo‘lmagani sababli uning ona shahri Shibirgan Tolibon qo‘liga o‘tgan. “Agar men Afg‘onistonda bo‘lganimda edi, Tolibon butun Pokistonni boshlab kelsa g‘alaba qozona olmasdi”, - dedi qo‘mondon.
Tolo Nyuz xabariga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, sobiq vitse-prezident Abdu Rashid Do‘stum, prezidentning siyosiy masalalar va xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Mohaqiq hamda mujohidlar qo‘mondoni Juma Xon Hamdard chorshanba kuni Mozori Sharifga yetib kelishgan.
Bu yerda ular Balx viloyati sobiq hokimi Atta Muhammad Nur bilan Afg‘oniston qurolli kuchlari hamda mobilizatsiya qilingan mahalliy ko‘ngilli kuchlar harakatlarini muvofiqlashtirish hamda Tolibon bosib olgan hududlarni tozalash operatsiyalarini boshqarishi bilan shug‘ullanishadi.