Toshkentda noyob mural paydo bo‘ladi: u Tokio olimpiadasi qatnashchilari g‘alabasiga bag‘ishlanadi

Mualliflar ta’kidlab o‘tganidek, ushbu asar sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati uchun o‘ziga xos yodgorlik va hurmat timsoli, shuningdek O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligiga yorqin sovg‘a bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. O‘zbek rassomlari, "Novda Group" illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadachilarining natijalarini ko‘p qavatli uylar devorida mural ko‘rinishida tarixga muhrlash taklifini bildirishdi.
2020 yilda, poytaxtning Sergeli tumanida, Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlanish fondi tashabbusi bilan yosh rassom Xasan Maycheyev tomonidan shifokorlarga bag‘ishlangan ilk mural yaratilgan edi.
Olimpiyachilar korteji Toshkent ko‘chalaridan qanday o‘tdi - video
Pandemiya davrida shifokorlar ko‘rsatgan qahramonliklarga bo‘lgan ehtirom barchaning ko‘z o‘ngida yaraladigan va iste’dodli rassomlar tomonidan bajariladigan yangi madaniy inqilobga aylandi.
Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente
Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Graffiti so sportsmenami-olimpiysami v Tashkente
To‘qqiz qavatli binodagi uch bolakayning O‘zbekiston bayrog‘ini musaffo osmonga ko‘targani tasvirlangan strit-art buning yaqqol namunasidir.