TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida ayollar va qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar K.A., R.X., R.L. maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ta’limdan saboq berib kelgan.
Ushbu shaxslarga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan.
Sud ularning har biriga nisbatan BHMning 5 barobari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinlagan.